ABZCTL / GIT → SERVER

Kodingizni
serverga chiqaring.

Git havolasidan ishlayotgan ilovagacha. Docker, domen va HTTPS — bitta CLI orqali. Siz kod yozing, deploy’ni abzctl’ga topshiring.

abzctl
O‘z VPS’ingizAvtomatik HTTPSOchiq kod · MIT
TERMINALDAN INTERNETGACHA01 — 04
abzctlNAMUNA

$ abzctl

Loyiha
my-app
Server
root@203.0.113.10
Manzil
https://app.example.com
  • ✓Kodni yuklab olishgit
  • ✓Build va ishga tushirishdocker
  • ✓Ilova javobini tekshirishhttp
  • ✓Domen va HTTPScaddy
Deploy tayyor

Git repo Docker HTTPS

ODATIY VOSITALARINGIZ BILAN
DockerCaddyRailpackGitSSH

Domen va HTTPS

Caddy reverse proxy va avtomatik SSL sozlamalari.

Loyihangizga mos build

Docker Compose, Dockerfile yoki Railpack bilan.

Serveringiz o‘zingizda

Ubuntu / Debian VPS. SSH orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri deploy.

Server sozlashdan
mahsulot yaratishga o‘ting.

abzctl kerakli ma’lumotlarni ketma-ket so‘raydi.
Har bir deploy uchun uzun yo‘riqnomani takrorlamaysiz.

01 ULANISH

Serveringizni ko‘rsating

VPS manzili va SSH rekvizitlarini kiriting. Root yoki sudo huquqi kerak bo‘ladi.

root@your-server
02 SOZLASH

Git havolasini bering

Repo’dan build usuli aniqlanadi. Kerakli muhit qiymatlari so‘raladi, domen ulash taklif qilinadi.

github.com/you/my-app
03 DEPLOY

Ilovangizni ishga tushiring

Kod build qilinadi va konteynerlar ishga tushadi. Domen tanlansa, HTTPS sozlanadi.

https://app.example.com

Web ilova bo‘ladimi,
Telegram bot bo‘ladimi.

Mavjud Docker sozlamalaringizni ishlating yoki
qo‘llab-quvvatlanadigan loyihalar uchun avtomatik build’dan foydalaning.

Web ilovalar

01 / WEB

Repo’dan o‘z domeningizgacha.

Ilovani deploy qilish
  • Node.js, Python, Go va boshqa Railpack loyihalari
  • Compose yoki Dockerfile bilan build
  • Caddy orqali domen va HTTPS
  • PostgreSQL, MySQL, MongoDB va Redis aniqlash

Kod Git’da yangilandimi? Terminalda yana abzctl bajaring — oxirgi deploy taklif qilinadi.

Birinchi deploy’ingiz
shu yerdan boshlanadi.

Kompyuteringizga abzctl’ni o‘rnating.
Serverda Ubuntu yoki Debian va SSH ulanishi bo‘lsin.

Python 3.9+GitSSH + sudo
Manba kodini yuklab olish
TERMINAL
git clone https://github.com/akbarkhojayev/abzctl.git
cd abzctl
bash install.sh

O‘rnatish tugagach, terminalni yopib qayta oching.

Keyin loyihangizni deploy qilingabzctl

Birinchi SSH ulanishida server fingerprint’ini tekshirib,
kalitni known_hosts fayliga kiriting.

Boshlashdan
oldingi savollar.

To‘liq qo‘llanma
abzctl nima qiladi?

Git repozitoriydagi loyihangizni SSH orqali VPS serveringizga deploy qiladi. Docker va Compose’ni o‘rnatadi, loyihani build qiladi va ishga tushiradi. Domen bersangiz, Caddy orqali HTTPS sozlaydi.

Bepul foydalanish mumkinmi?

Ha. abzctl MIT litsenziyasida ochiq kod bilan tarqatiladi. VPS server va domen xarajatlarini o‘zingiz to‘laysiz.

GitHub’da .env bo‘lmasa nima bo‘ladi?

.env.example va koddagi qo‘llab-quvvatlanadigan muhit chaqiruvlari orqali sozlamalar aniqlashga harakat qilinadi. Topilgan qiymatlar sizdan so‘raladi. Aniqlanmagan sozlamalarni o‘zingiz berishingiz kerak. Haqiqiy .env’ni Git’ga yubormang; namuna fayl qo‘shing.

Private repo bilan ishlaydimi?

Ha. Serverda Git hosting uchun SSH deploy key va known_hosts sozlang. git@github.com:user/app.git havolasidan foydalaning. Repo URL’i ichida token yoki parol berish qabul qilinmaydi.

Domen va HTTPS uchun nima kerak?

Domenning A-rekordini server IP manziliga yo‘naltiring. Server va bulut provayderi firewall’ida 80/443 portlari ochiq bo‘lishi kerak. Shundan keyin Caddy sertifikatni avtomatik olishga harakat qiladi.

Kodni qanday yangilayman? Rollback bormi?

Yangi kodni Git’ga push qiling va yana abzctl buyrug‘ini bajaring. Oxirgi deploy’ni yangilash taklif qilinadi. Avtomatik rollback hozir mavjud emas. Muhim ma’lumotlar uchun alohida backup saqlang.

Qaysi serverlar qo‘llab-quvvatlanadi?

Ubuntu yoki Debian serverlar. Root yoki ishlaydigan sudo huquqi va SSH ulanishi zarur. CLI’ni Linux, macOS yoki Windows kompyuteridan ishlatish mumkin.

Keyingi g‘oyangizni
ishga tushiring.

abzctl bilan boshlash